Hujjat tayyorlash uchun kerakli vositalar

CMRyaz — CMR yozish dasturi: CMR yuk xatini, tijorat fakturasini va qadoqlash ro‘yxatini tayyorlaydi, saqlaydi va ulashadi. Quyidagilarning barchasi bugun hisobingizda ishlaydi.

Hujjatlar

CMR yuk xati
IRU shablonining 24 katagi, PDF ko‘rinishida yuklab olish va chop etish. 6 tadan ortiq yuk qatori ilovaga chiqadi; hujjat tili 8 tildan tanlanadi.
Tijorat fakturasi
Jo‘natuvchi, qabul qiluvchi va yuklar CMR’dan ko‘chiriladi; faktura raqami, sana, valyuta va logotipingiz bilan PDF.
Qadoqlash ro‘yxati
Joylar soni, brutto va netto og‘irlik, o‘lchamlar — CMR bilan bir xil ma’lumotlardan bir bosishda.

Vaqtni tejaydigan vositalar

Hujjatni skanerlash
Deklaratsiya yoki eski hujjat suratidan maydonlarni to‘ldiradi. Bepul tarifda oyiga 3 ta, Premium bilan cheksiz.
Qismli deklaratsiya
Bitta deklaratsiyadagi har bir mashina uchun alohida CMR yaratadi va barchasini bitta PDF qilib beradi.
Saqlangan kompaniyalar va raqamlar
Kiritgan jo‘natuvchi, qabul qiluvchi va mashina raqamlaringiz eslab qolinadi va keyingi hujjatda taklif qilinadi.
CMR Extract
Chrome kengaytmasi bojxona deklaratsiyasidagi ma’lumotlarni CMRyaz’ga o‘tkazadi (Premium bilan).

Ulashish va arxiv

QR havola
Har bir hujjatning QR kodi bor; qabul qiluvchi yoki bojxona uni skanerlab hujjatni ochadi.
Qidiruv
Hujjatlarni raqam, kompaniya nomi, mashina raqami yoki faktura raqami bo‘yicha topasiz.
Telefon va veb
Mobil ilova va veb bitta hisobdan foydalanadi; birida yaratilgan hujjat ikkinchisida ham ko‘rinadi.

Qanday ishlaydi

  1. 1Ma’lumotlarni kiriting

    Formani to‘ldiring yoki maydonlar avtomatik to‘lishi uchun hujjatni skanerlang.

  2. 2Tekshirib saqlang

    Hujjatni oldindan ko‘rishda ko‘ring; bo‘sh katak bo‘lsa ogohlantirish olasiz.

  3. 3Yuklab oling va ulashing

    PDF’ni yuklab oling yoki QR havolani yuboring.

Qo‘llab-quvvatlash

Ilova ichidan qo‘llab-quvvatlash xabarini yuboring, contact@cmryaz.com manziliga yozing yoki yordam markazidagi videolarni ko‘ring.

Yordam

Bepul tarif bilan boshlang

Oyiga 10 ta CMR va 3 ta hujjat skaneri bepul; ko‘prog‘i uchun Premium.